Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga sement asosan Tojikistondan olib kelinmoqda
O‘zbekiston 2 oyda 252 ming tonna sement import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga qiymati 9,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 252,1 ming tonna sement import qilingan.
Qayd etilishicha, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 278 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Tojikiston – 125 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 68,3 ming tonna;
- Qozog‘iston – 57,5 ming tonna;
- Eron – 930 tonna;
- Rossiya – 138 tonna;
- Turkmaniston – 135,8 tonna.
Bundan oldin O‘zbekistonda 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026