Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi
Hududlardagi 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi. Bu haqda AOKAda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu tumanlarning sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga 400 mlrd so‘m ajratish belgilandi. Shuningdek, geologik-qidiruv ishlari uchun 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 1,084 mlrd dollarga oshiriladi.
Tarmoqni rivojlantirishga 2 mlrd dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi. Natijada 2021-2025 yillarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi natijasida 19,5 ming yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
Ushbu davrda mahalliylashtirilgan qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi joriy yildagidan 1,7 baravarga oshirilib 1,55 trln so‘mga yetkaziladi.
Asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanadi. Gazobeton, issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallari, qurilish oynasi, sement kabi mahsulotlar bo‘yicha ichki talab qoplanib, mahsulotlarning bir qismi xorijga eksportga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
14:23 / 29.01.2026
Toshkent shahri va Navoiy viloyati sanoat ishlab chiqarishda yetakchi
13:40 / 24.01.2026
O‘zbekistonda yonilg‘i ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
12:48 / 24.01.2026
O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish statistikasi e’lon qilindi
11:18 / 31.12.2025