Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi
Ko‘chmas mulkini ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan shaxs ijara shartnomasini Davlat soliq qo‘mitasi orqali elektron hisobga qo‘yishi, ijaraga olgan shaxs ham platformaga kirib buni tasdiqlashi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2 aprel kuni imzolangan 150-sonli qarori bilan, ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.
Shartnomani hisobga qo‘yganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Ko‘chmas mulk birlamchi ijaraga (tekin foydalanishga) olgan shaxs tomonidan ikkilamchi ijaraga (tekin foydalanishga) berilishi mumkin. Ikkilamchi ijaralar ham soliq organlarida hisobga qo‘yilishi kerak.
Shartnomani hisobga qo‘yish Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ijaraga beruvchi tomonidan tizim orqali yuborilgan shartnoma ijaraga oluvchi tomonidan 5 kunda tasdiqlanmasa, shartnoma soliq organlarida hisobga olinmaydi.
Shartnoma hisobga qo‘yilganda QR-kodli guvohnoma beriladi.
Shartnoma taraflar kelishuviga binoan yoki boshqa tartibda muddatidan oldin bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, ijaraga beruvchi tomonidan onlayn hisobdan chiqariladi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
20:36 / 20.05.2026