Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yer talashgan odamlar ommaviy janjallashdi
Hodisa yuz bergan joyga IIB xodimlari yetib kelib ko‘ngilsiz holatning oldini olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida odamlar yer talashib janjallashgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Unda IIB xodimlari qiyinchilik bilan 20 nafarga yaqin odamni tinchitishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, 2022 yil 31 mart kuni soat 09:00larda Chiroqchi tumani “Oq oltin” MFYda joylashgan “Shomurod ota” fermer xo‘jaligi rahbari A.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi bo‘lganida bir nechta fuqaro tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng fermer ichki ishlar organlariga holat bo‘yicha xabar bergan. IIB xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, ko‘ngilsiz holatlarning oldini olgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan fermerga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun Chiroqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026