Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways ikki yillik tanaffusdan so‘ng Parijga aviaqatnovlarni tiklaydi
Uzbekistan Airways AJ ikki yildan so‘ng Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanayotgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu shaharga parvozlar 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha, shuningdek 26 avgustdan 28 oktyabrgacha haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bundan oldin Uzbekistan Airways Toshkent – Dehli – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026