Jahon | 13:22 / 05.04.2022
49259
4 daqiqa o‘qiladi

Vayron bo‘lgan Mariupol va Chernigov. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning qirqinchi kunida Buchada tinch aholi vakillari o‘ldirilishi bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar kelib tushdi. The New York Times shaharning mart oyi o‘rtalarida sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarini e’lon qildi, ularda shahar ko‘chalarida jasadlar bu hudud rossiyalik harbiylar nazoratida bo‘lgan vaqtda paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin — bu esa Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotini rad etadi.

Buchadagi voqealardan keyin Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlashga kirishgan. Quyida urushning so‘nggi kunlarida olingan suratlar.

Chernigovdagi vayron bo‘lgan bino. Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, Chernigovdagi binolarning 70 foizi yakson etilgan. Bu so‘nggi haftada Chernigovda olingan va axborot agentliklarida e’lon qilingan ilk fotosurat
Nataliia Dubrovka / EPA / Scanpix / LETA
Chechen Respublikasinng «Axmat» otryadi jangchisi Mariupoldagi bino tomida. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Vayron bo‘lgan Mariupol. Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Mariupolda raketa zarbalaridan shikastlangan uy ko‘rinishi
Reuters / Scanpix / LETA
Mariupoldagi vayron bo‘lgan uy
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbalardan keyin uylar ortida ko‘tarilgan tutun, Xarkov
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevdagi «Retrovill» savdo markazining avtoturargohida rossiyaliklarning raketa hujumi oqibatida yo‘q qilingan avtomobillar qoldiqlari.
Alexey Furman / Getty Images
Donetsk oblasti Kramatorsk shahri aholisi poyezdda shaharni tark etishga urinmoqda.
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Mashina shinasini almashtirayotgan ota-onasini kutib o‘tirgan bola. Bu oila yaqinda Ukraina qo‘shinlari nazoratiga qaytgan Kiyev viloyatidagi Dmitrovka qishlog‘ini tark etmoqda. Foto: Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Mariupoldagi drama teatri vayronalari​​​​​​
Reuters / Scanpix / LETA
Kapotida o‘q izlari va «BOLALAR» yozuvi bor avtomobil. Bucha​​​​​
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Buchalik ayol uy hovlisida o‘ldirilgan eri va uning ukasi jasadi oldida
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Bucha aholisi hovlida gulxan yoqib, ovqat pishirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti  Volodimir Zelenskiy Buchaga tashrif vaqtida, rossiyalik harbiylar ketgach, bu yerda tinch aholi vakillarining ko‘plab jasadlari chiqdi
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETA
Olti yoshli bola ochlikdan o‘lgan va uy hovlisiga ko‘milgan onasi qabriga qarab turibdi, Bucha
Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA
Motijinda yashovchi keksa ayol o‘ldirilib, quduqqa tashlab yuborilgan erining jasadini tanimoqda
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Motijinda o‘ldirilgan ayol, Kiyev oblasti
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Buchadagi birodarlik qabristoni. Foto: ​​​​​​Anastasia Vlasova / Getty Images
Ukrainalik fotojurnalist Maks Levinning Kiyevdagi dafn marosimi. Levinning jasadi 1 aprel kuni Mejigorskayadagi Guta qishlog‘ida topilgan. Ukraina bosh prokurori ofisi jurnalist rossiyalik harbiylar tomonidan o‘ldirilganini ma’lum qilgan
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Lvovdagi milliy politexnika universiteti sport zaliga joylashtirilgan qochqinlar
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Sport zaldagi qochqinlar. Foto: Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari jangchisi Xarkov atrofidagi postda
Chris McGrath / Getty Images

 

Mavzuga oid