Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyadan temir va po‘lat import qilishni taqiqlaydi
Shuningdek, Rossiyaga «kvant texnologiyalari, zamonaviy materiallar, hashamatli buyumlar» eksportini taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Buyuk Britaniya 14 apreldan Rossiyadan temir va po‘lat import qilishni taqiqlaydi. Bu haqda Britaniya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Ertadan boshlab Rossiya temiri va po‘lati importini taqiqlaymiz», — dedi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass.
Qayd etilishicha, 14 aprel kuni tegishli qonunosti hujjati ko‘rib chiqish uchun Britaniya parlamentiga taqdim etiladi.
Hujjatda shuningdek, Rossiyaga «kvant texnologiyalari, zamonaviy materiallar, hashamatli buyumlar» eksportini taqiqlash ko‘zda tutilgan.
15 mart kuni Yevroittifoq Rossiyadan po‘lat va temirdan tayyorlangan mahsulotlar importini taqiqlagandi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
18:22 / 26.06.2026