O‘zbekiston | 09:00 / 15.04.2022
4564
2 daqiqa o‘qiladi

Agrobank – zamonaviy agrar sohada yetakchi bo‘lishingiz uchun qayg‘uradi

 “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan “Agroworld Uzbekistan 2022” ko‘rgazmasida Agrobank ham o‘z ekosistema loyihalari bilan ishtirok etdi.

Foto: Agrobank

Ko‘rgazmada tashkil etilgan bank pavilonida “AgroZamin” onlayn platformasi va “Agrobooks” brendi ostida yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Namoyish ishtirokchilariga yangi elektron platformalarning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Qishloq xo‘jaligida yuridik shaxslarga mo‘ljallangan “AgroZamin” platformasida bugungi kunda 7,4 mingta foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan va 4,2 ming turdagi mahsulotlar joylashtirilgan. Bu platformaning mantiqiy davomi sifatida aholi uchun yangi “AgroZamin-O‘zimizniki” platformasi ishga tushirildi.

Bu platforma marketpleys shaklida tashkil qilinib, aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish, mahsulot yetishtirish uchun zarur vositalarni sotib olish, onlayn maslahatlar olish imkoniyati yaratildi. Platformaning mobil ilovalari ham foydalanuvchilar ixtiyoriga havola etilmoqda.

Foto: Agrobank

Agrobank o‘zining innovatsion tajribalarini ilmiy izlanishlar bilan yanada boyitmoqda. Bankning “Agrobooks” brendi yana bir to‘plam bilan boyitildi. Ya’ni bank qoshida tashkil etilgan ilmiy guruh tomonidan o‘simliklar himoyasi bo‘yicha “40 kitob” to‘plami yaratildi.

Ushbu qo‘llanmalarda aholi, fermerlar va barcha qishloq xo‘jalik sohasi vakillari uchun dolzarb bo‘lgan o‘simliklar kasallik va zararkunandalari haqida ma’lumot, ulardan samarali himoyalanish va qarshi kurashishga oid batafsil ma’lumot va tavsiyalar berilgan.

Agrobank aholi, fermerlar va tadbirkorlar uchun qulay bo‘lgan ekotizimni doimiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusida ham izlanishda davom etadi. Shuningdek, zamonaviy agrar sohada yetakchi bo‘lishingiz uchun qayg‘uradi.

Agrobank matbuot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid