O‘zbekiston | 12:13 / 15.04.2022
12695
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ob-havo issiq bo‘ladi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 28-33 daraja issiqni tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dam olish kunlari hududlarning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo bulutli bo‘lishi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Cho‘l hududlarda va shimolda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatiladi. 

Shu kunlarda havo harorati kechalari 14-19 daraja iliqni, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqni tashkil etadi, bu me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid