O‘zbekiston davlat taraqqiyot korporatsiyasi tashkil etiladi
Prezidentning “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining:
- ekvivalentda 200 mln AQSh dollarini tashkil etadigan milliy va (yoki) xorijiy valutadagi pul mablag‘lari, shuningdek boshqa aktivlar hamda mulkiy va nomulkiy huquqlar ko‘rinishida aktivlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston davlat taraqqiyot korporatsiyasini tashkil etish;
- maslahat kengashi va kollegial organ prinsiplari asosida faoliyat yuritadigan oliy boshqaruv organi sifatida korporatsiya kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- korporatsiya Energetika vazirligi timsolida O‘zbekiston hukumati tomonidan davlat muassasasi shaklida ta’sis etiladi;
- kengashga O‘zbekiston bosh vaziri rahbarlik qiladi, uning tarkibi davlat organlari rahbarlari hamda kengash a’zolari umumiy soni kamida 30 foizini tashkil etadigan, jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy ekspertlardan shakllantiradi;
- korporatsiya odatda rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturiy hujjatlarni bajarish maqsadida tasdiqlanadigan va uzoq muddatli istiqbolda tarmoq, hududiy va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks qarashni va strategik vazifalarni jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfellarini hisobga olgan loyihalarni amalga oshiradi.
Korporatsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlarini jadal joriy etish;
- investitsiya faoliyati samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotga investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish;
- mavjud davlat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
- iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini kamaytirishga ko‘maklashish;
- samarali korporativ boshqaruv tizimini joriy etish.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: Zelenskiy qazilmalar bo‘yicha kelishuvdan chiqmoqchi
Jahon | 09:11
-
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obekt to‘xtatildi
Jamiyat | 08:53
-
Urushdagi mutlaq rekord: mart Rossiya artilleriyasi uchun «qora oy» bo‘ldi
Jahon | 08:51
-
Putinga urush kerak, Tramp buni tushunib yetgan ko‘rinadi - The Times
Jahon | 08:47
Mavzuga oid

10:20 / 04.10.2024
RFda davlat korporatsiyalari aktivlar narxi 50 foizini budjetga to‘lashi shart bo‘ladi

11:55 / 28.02.2023
Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo‘lgan: yirik kompaniyalar o‘z dolzarbligini qanday saqlab qoladi?

12:55 / 28.12.2022
Jahon banki taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash doirasida O‘zbekistonga 950 mln dollar beradi

17:16 / 03.08.2021