Keraksiz bölib qoliş xavfi

Aslida dunyo bozoridan çiqib ketgan korporatsiyalar talaygina. 2000 yildan buyon AQŞning eng yirik 500 kompaniyalaridan (Fortune 500) 52 foizi kasodga uçragan. Buning asosiy sababi zamon şiddatidir, texnologik taraqqiyot tufayli köplab bizneslar keragi bölmay qolayotganidir.

Bugun uydan yoki iş joyingizdan çiqmay turib tölovlarni amalga oşiriş, soliqlarni tölaş, pul ötkazmalarini amalga oşiriş va hatto kredit oliş imkoni bor. Bu smartfon, soat va kompyuterlarimiz orqali fintexlar (FinTech), ya’ni moliya sohasidagi texnologik produktlar yordamida amalga oşiriladi. Xöş, bu katta moliyaviy muassasalar va banklar kelajagiga qanday xavf soladi?

Ötgan hafta soha vakillarini IT Park Toşkent filialida töplagan Özbekiston fintex assotsiatsiyasi rahbari Nargis Döstmatova bu juda dolzarb masala ekaniga işonadi. Britaniyada tahsil olib, u yerdagi global kompaniyalarda tajriba töplagan, Harvard va Oksford universitetlarining executive (boşqaruv) oliy kurslarini tamomlagan Döstmatova 2018 yilda vatanga qaytgan. Fintex sohasidagi muammolarga duç kelavergaç, özi şu yönalişdagi kasaba uyuşmasiga asos solgan. Markaziy bank bilan yaqin hamkorlikda qonunçilikni yangilaş, konferensiya va malaka oşiriş tadbirlarini ötkaziş böyiça işlayotgan uşbu nodavlat notijorat taşkiloti bir yoşga tölib ulgurmadi. Ammo unga 18 ta kompaniya a’zo böldi. «Fintex banklarning raqobatçisi emas, balki, bu ularning kelajakdagi şakli», – deydu u. «Kelayotgan yillardagi daromadi va bozordagi örni haqida qayğurgan har bir bank innovatsiyalarni tatbiq qilişi şart».

«Monopoliyalar tugatilib, raqobatga, haqiqiy bozor munosabatlariga yöl oçilgan jamiyatlarda katta kompaniyalar tirik qolişga urinib, innovatsiyalar qilişga majbur böladi», – deb ta’kidlaydi fintex uyuşma yiğilişiga spiker sifatida taklif qilingan BMT TD vakili Usmon Rahimjonov. Startap va innovatsion biznesni qöllab-quvvatlovçi dasturlarni yuritayotgan Rahimjonov Qozoğistonning bu yönalişda mintaqada yetakçi ekanini urğulaydi.

Albatta, Özbekiston hukumati banklarni xususiylaştiriş haqida gapirayotgan reallikda ulardagi korporativ innovatsiyalar kundan kunga kattaroq ahamiyat kasb etib borişi muqarrar.

Korporativ innovatsiyalarni joriy etişdagi tösiq va muammolar

Kompaniya kattalaşgaç, u yerda köp qavatli iyerarxiya va murakkab içki kommunikatsiya paydo bölib, özgarişlarni boşqariş ham sekin, ham muammoli böladi. Masalan, 1985 yilda AQŞda oçilgan Blockbuster kompaniyasi filmlar va videoöyinlarni kompakt disklarda ijaraga beriş bilan şuğullangan. Öz faoliyati çöqqisi bölmiş 2004 yilda 9000 dan ortiq savdo nuqtalarida 85 mingga yaqin işçilari bölgan uşbu gigant kompaniya 2010 yilga kelib kasod bölganini e’lon qilgan.