Özbekiston hukumatiga strategik islohotlarni amalga oşirişda, jumladan, xususiy jabhaga yönaltirilgan inklyuziv iqtisodiyot quriş, bozor institutlarini rivojlantiriş va barça fuqarolar iqtisodiy ösişning natijalaridan foydalanişlari uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş böyiça kömak körsatiladi.
Jahon bankining hukumatga yordami moliyaviy paket şaklida taqdim etiladi. U 470 million AQŞ dollari qiymatidagi imtiyozli kreditlar va 480 million AQŞ dollari qiymatidagi past stavkali kreditlardan iborat.
- Dunyodagi hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi murakkab vaziyatga qaramasdan, Özbekiston islohotlar yölida qat’iy davom etişini namoyiş etmoqda, - dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova. - Jahon bankining joriy operatsiyasi Özbekiston uçun 2017 yildan buyon mamlakatda inklyuziv bozor iqtisodiyotini barpo etiş maqsadida körsatgan keng kölamli moliyaviy va texnikaviy yordamiga asoslanadi. Jahon bankining mamlakat bilan 2022-2026 yillarga möljallangan yangi hamkorlik dasturi Özbekistonning kelgusi beş yilga möljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor islohotlarni amalga oşirişga xizmat qiladi.
Jahon banki moliyalaştiriş orqali hukumat tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlar va çora-tadbirlar, fuqarolarni, şu jumladan, kambağal va zaif oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimining samaradorligini oşiriş maqsadida yangi Aholini ijtimoiy himoya qiliş Milliy strategiyasini işlab çiqiş va amalga oşiriş, xususiy sektorda işlaydigan ayollarni, moliyaviy xizmatlar bozorida nobank kredit taşkilotlari sonini köpaytiriş, kiçik tadbirkorlik sub’yektlarini, mobil telekommunikatsiya aloqalari bozorida barça iştirokçilar uçun raqobat muhitini yaratiş uçun uşbu bozorda xususiy sektorning iştirokini kengaytiriş vazifalarini qöllab-quvvatlaydi.
2022 yil 16 dekabr holatiga köra, Jahon bankining Özbekistondagi mamlakat böyiça dasturi 27 ta loyihani öz içiga olgan. Loyihalar hukumat tomonidan Bank kömagida turli muhim sohalarda amalga oşirilmoqda.
Ular xususan, kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, makroiqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş, suv resurslarini boşqariş, qişloq xöjaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, transport, soğliqni saqlaş, ta’lim xizmatlarini, aholini ijtimoiy himoya qilişni, şahar va qişloq infratuzilmasini, innovatsiyalar, soliq ma’murçiligi, statistika idoralari va moliyaviy tizimlarni rivojlantiriş va boşqa yönalişlarni qamrab olgan.

















