Taraqqiyot asoslari, xususiylaştiriş jarayonidagi nozik nuqtalar va davlat qarzi. AQŞning Viskonsin universiteti biznes-maktabi doktoranti, iqtisodçi Behzod Hoşimov Kun.uz'ga bergan intervyusida şu kabi mavzularda öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Hoşimov Daron Ajyemöğli va Jyeyms Robinsonning “Nega ba'zi mamlakatlar boy, ba'zilari esa kambağal?” kitobining özbek tiliga tarjima qilinişida iştirok etgan. U suhbat avvalida yaqinda naşrdan çiqişi kutilayotgan kitob haqida töxtalib ötdi.

“Nega ayrim davlatlar boy, ayrimlari esa kambağal? Kimdir geografiyasini, ayrimlar iqlimini, yana kimdir dengizga çiqa olmaganini sabab qilib körsatadi. Kitobda mualliflar iqlim, madaniyat, şunga öxşagan narsalar taraqqiyotni yaxşi tuşuntirmaydi, deb hisoblaydi. Şimoliy va Janubiy Koreya 70 yil oldin bitta mamlakat bölgan. Hozir ular qançalik farqli? Bu – ikki mamlakat qurgan institutlarga borib taqaladi.

Kitob boşlanişida Arizona ştati va Meksikadagi bir xil nomga ega Nogales şaharlari haqida gap boradi. Ikkalasida ham bir xil odamlar yaşagan; faqat ularning biri AQŞda, boşqasi Meksikada joylaşgan. Ikkita davlat hududida joylaşgan ikki şaharning institutlari har xil bölgani uçun öşa yerdagi odamlarning hayoti ham bir-biridan ança farq qiladi. Bu farq – tilida, iqlimi va madaniyatida emas, balki institutlarda.

Institut deganda inklyuziv (demokratik) yoki ekstraktiv şakllangan institutlar nazarda tutiladi.

Bir mamlakat, ya'ni Buyuk Britaniya köp mamlakatlarni mustamlaka qilgan, lekin bu mustamlaka mamlakatlarning kelajagi har xil bölib ketgan. Nima sababdan şunday bölgan? Kelgindi mustamlakaçilar mamlakatga qarab institutlarni har xil qurişgan. Hindistonda ekstraktiv institutlar qurişgan, çunki mustamlakaçilarning Hindistondagi maqsadi mamlakat boyliklarini olib tezroq çiqib ketiş bölgan. AQŞ, Yangi Zelandiya va boşqa mamlakatlarda qurilgan institutlar esa inklyuziv bölgan. Masalan, Avstraliya Britaniyadagi hibsga olingan insonlar yaşaydigan mamlakat hisoblangan. AQŞdagi koloniyalar ham Britaniyaning eng ilğor odamlari boradigan makon bölmagan. Şunga qaramay, ular rivojlanib ketgan.

Mualliflar öylaşgan: nima uçun mustamlakaçilar Şri-Lankada boşqaça, Virjiniyada boşqaça institut qurişyapti? Bu savolga javoban, tadqiqotçilar mustamlakaçilarning ölim darajasiga qaraşgan. Hindiston yoki Şri-Lankadagi mustamlakaçilar kasallik va ob-havodan köproq ölişgan va bu yerda köp yaşamaslikka qaror qilişgan. Mustamlakaçilar Hindistonga kelişsa, bu yer bilan kelajagini boğlamaslikka harakat qilgan va natijada ular qurgan institutlar mustahkam bölişi şart bölmagan. AQŞda ölim darajasi kamroq bölgani uçun ular qurmoqçi bölgan institutlar muqimroq bölgan.