O‘zbekiston | 12:20 / 21.04.2022
11884
3 daqiqa o‘qiladi

Nukusda talonchilik jinoyatlarini sodir etgan 13 nafar shaxs ushlandi

Foto: Kun.uz

Nukusda talonchilik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2022 yil 17 aprel kuni soat 01:00 larda noma’lum shaxslar bir guruhga birlashib, Nukus shahar A.Dosnazarov ko‘chasida joylashgan «Natali» kafesi yonidan o‘tib ketayotgan 21 yoshli O.A.ni to‘xtatgan.

Ular fuqarodan go‘yoki telefon qilish uchun «Rocco X3 Pro» rusumli telefonini olib, keyinchalik O.A. o‘z telefonini qaytarib berishni so‘ragan vaqtida uni urib, sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, telefon apparatini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Bundan tashqari, noma’lum shaxslar o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kuni soat 01:30 larda Nukus shahar 22-kichik tuman hududida joylashgan 19-sonli maktab hududida 22 yoshli E.D.dan «Redmi note 9S» rusumli telefonini gaplashib olish uchun so‘rab olgan.

Ular keyinchalik E.D.ni urib, sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, telefoni hamda yonida bo‘lgan 30 ming so‘m pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni bir guruh bo‘lib 18 yoshli P.M., 19 yoshli A.X., K.M., J.A., 16 yoshli Yu.A., 20 yoshli D.A., A.A., K.A., 21 yoshli Sh.N., O.A., 22 yoshli E.D. hamda 24 yoshli A.A., B.B. sodir etgani aniqlanib, ulardan jabrlanuvchilarga tegishli 1 dona «Rocco X3 Pro» telefoni, 1 dona «Redmi note 9S» telefoni hamda 10 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarning 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi, 6 nafariga esa uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga oid