Putin «Azovstal» shturmini bekor qilishga buyruq berdi
Shoygu Putinga Mariupol va «Azovstal»dagi vaziyat bo‘yicha hisobot berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emasligini aytib, uni bekor qilishni buyurdi. Bu haqda Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Bu biz o‘ylashimiz kerak bo‘lgan holat, — ya’ni biz doimo o‘ylashimiz kerak, ammo hozirgi holatda ko‘proq — askarlarimiz va ofitserlarimiz hayoti va sog‘ligini. Bu sanoat obektlaridagi katakombalarga (yer ostidagi aylanma chalkash yo‘llar) tushib, emaklash kerak emas», — degan Putin.
«Mazkur sanoat zonasini hatto pashsha ham uchib o‘ta olmaydigan qilib, bloklab qo‘ying», — deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Shoygu Putin bilan uchrashuvda «Azovstal»dan tashqari butun Mariupol rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tganini ma’lum qilgan. «Azovstal»da ikki ming atrofida ukrain jangchilari yashiringani, u yerda shuningdek tinch aholi vakillari bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Vazir zavod hududi o‘rab olinganini qo‘shimcha qilgan.
Shoygu Ukraina armiyasining Mariupoldagi yo‘qotishlarini ma’lum qilgan: 8,1 ming harbiydan 4 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 1478 nafar ukrain harbiysi asir tushgan.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, urush boshidan buyon Rossiya kuchlari Mariupoldan 142 ming kishini evakuatsiya qilgan. So‘nggi kunlarda Rossiya «Azovstal»dan tinch aholi vakillari chiqishi uchun sukunat rejimi e’lon qilgan, ammo u yerdan hech kim chiqmagan. «Ammo boshqa tinch fuqarolar, 100 mingdan ortiq kishi chiqa oldi», — deya qo‘shimcha qilgan vazir.
«Haligacha qurolni tashlamaganlarning barchasiga yana taklif qiling. Rossiya tomoni tegishli xalqaro huquqiy hujjatlarga muvofiq ularning hayoti omon qolishi va ularga munosib muomalada bo‘lishni kafolatlaydi. Yaradorlarning barchasiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi», — degan Putin.
- «Azovstal»da Ukraina qurolli kuchlarining 36-dengiz piyodalari brigadasi jangchilari va «Azov» joylashgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zavodda harbiylardan tashqari mingga yaqin tinch aholi vakillari bor.
- 19 aprel kuni DXR «Azovstal» shturmi boshlanganini ma’lum qildi. Mariupol shahar kengashi zavod hududiga bunker buzuvchi juda kuchli bombalar tashlanganini ma’lum qilgan, o‘sha kuni «Azov» vakillari zavod «deyarli butunlay yakson bo‘lgani»ni xabar qilishdi.
- 17, 19 va 20 aprel kunlari RF mudofaa vazirligi «Azovstal»da qolayotgan ukrain harbiylariga qurollarni tashlab, taslim bo‘lishni taklif etdi. «Azov» jangchilari esa Mariupolni tark etishga tayyorliklari, ammo qurollarni tashlab, asirga tushishga rozi bo‘lmasliklarini ma’lum qilishgan.
- 21 aprelga o‘tar kechasi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Azovstal» zavodi kun oxirigacha — «tushlikdan oldin yoki keyin» egallanishi haqida aytdi.
Mavzuga oid
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024