Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mariupoldagi sanoat zonalarini şturm qiliş maqsadga muvofiq emasligini aytib, uni bekor qilişni buyurdi. Bu haqda Putin mudofaa vaziri Sergey Şoygu bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

«Bu biz öylaşimiz kerak bölgan holat, — ya’ni biz doimo öylaşimiz kerak, ammo hozirgi holatda köproq — askarlarimiz va ofitserlarimiz hayoti va soğligini. Bu sanoat obektlaridagi katakombalarga (yer ostidagi aylanma çalkaş yöllar) tuşib, emaklaş kerak emas», — degan Putin.

«Mazkur sanoat zonasini hatto paşşa ham uçib öta olmaydigan qilib, bloklab qöying», — deya qöşimça qilgan prezident.

Şoygu Putin bilan uçraşuvda «Azovstal»dan taşqari butun Mariupol rossiyalik harbiylar nazoratiga ötganini ma’lum qilgan. «Azovstal»da ikki ming atrofida ukrain jangçilari yaşiringani, u yerda şuningdek tinç aholi vakillari bölişi mumkinligi aytilgan. Vazir zavod hududi örab olinganini qöşimça qilgan.

Şoygu Ukraina armiyasining Mariupoldagi yöqotişlarini ma’lum qilgan: 8,1 ming harbiydan 4 mingdan ortiği halok bölgan, 1478 nafar ukrain harbiysi asir tuşgan.

Uning ma’lumotiga köra, uruş boşidan buyon Rossiya kuçlari Mariupoldan 142 ming kişini evakuatsiya qilgan. Sönggi kunlarda Rossiya «Azovstal»dan tinç aholi vakillari çiqişi uçun sukunat rejimi e’lon qilgan, ammo u yerdan heç kim çiqmagan. «Ammo boşqa tinç fuqarolar, 100 mingdan ortiq kişi çiqa oldi», — deya qöşimça qilgan vazir.

«Haligaça qurolni taşlamaganlarning barçasiga yana taklif qiling. Rossiya tomoni tegişli xalqaro huquqiy hujjatlarga muvofiq ularning hayoti omon qolişi va ularga munosib muomalada bölişni kafolatlaydi. Yaradorlarning barçasiga malakali tibbiy yordam körsatiladi», — degan Putin.

  • «Azovstal»da Ukraina qurolli kuçlarining 36-dengiz piyodalari brigadasi jangçilari va «Azov» joylaşgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga köra, zavodda harbiylardan taşqari mingga yaqin tinç aholi vakillari bor.
  • 19 aprel kuni DXR «Azovstal» şturmi boşlanganini ma’lum qildi. Mariupol şahar kengaşi zavod hududiga bunker buzuvçi juda kuçli bombalar taşlanganini ma’lum qilgan, öşa kuni «Azov» vakillari zavod «deyarli butunlay yakson bölgani»ni xabar qilişdi.
  • 17, 19 va 20 aprel kunlari RF mudofaa vazirligi «Azovstal»da qolayotgan ukrain harbiylariga qurollarni taşlab, taslim bölişni taklif etdi. «Azov» jangçilari esa Mariupolni tark etişga tayyorliklari, ammo qurollarni taşlab, asirga tuşişga rozi bölmasliklarini ma’lum qilişgan.
  • 21 aprelga ötar keçasi Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov «Azovstal» zavodi kun oxirigaça — «tuşlikdan oldin yoki keyin» egallanişi haqida aytdi.