O‘zbekiston | 10:53 / 21.04.2022
7425
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturi juda keng. Davlat rahbari bugunning o‘zida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi. 

Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid