Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterrish Moskvada Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi
26 aprel kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga keladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 aprel kuni Moskvaga tashrif buyuradigan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 26 aprel kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga keladi.
“U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi”, - dedi Kreml vakili.
Avvalroq Guterrish pasxa bayramlari kunlarida Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘rt kunlik sulh o‘rnatishni taklif qilgandi, biroq Rossiya tomoni bu taklifni rad etdi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili bunday takliflar “nosamimiy va juda yolg‘on” yangrashi, “Kiyevdagi millatchilar va radikallarga nafas rostlash uchun fursat yaratish” uchun o‘rtaga tashlanayotganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026