Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam va’da qildi
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin yakshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Amerika Davlat departamenti Kiyevga tashrif haqida Jo Bayden ma’muriyatining ikki mulozimi ham Ukrainani tark etganidan keyingina xabar berdi.
Bu Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon yuqori martabali amerikalik amaldorlarning Kiyevga ilk tashrifi bo‘ldi.
Ukrainaga 713 mln dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam va’da qilingan.
«Biz kuchli og‘ir qurollarga ega bo‘lishni istardik», degandi uchrashuvdan oldin Zelenskiy va so‘nggi haftada qurol yetkazib berish bilan bog‘liq holat yaxshilanganini qayd etgan.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Bayden AQShning Ukrainadagi yangi elchisini tayinlaydi. Avvalgi elchi Mari Yovanovich 2019 yilda Kiyevdagi faoliyatini muddatidan oldin yakunlagandi.
Yangi elchi ayni vaqtda AQShning Slovakiyadagi elchisi hisoblangan Bridjit Brink bo‘lishi kutilmoqda.
AQSh davlat kotibi urush tufayli ketgan diplomatlar bosqichma-bosqich Kiyevga qaytarilishini ma’lum qilgan.
Pentagon rahbari Ostin endi Germaniyaga yo‘l olgan, Ramshtayndagi Amerika bazasida u 20 mamlakat vakillari bilan uchrashib, Ukrainaga harbiy yordam masalasini muhokama qiladi.
Ma’lumot uchun, AQSh bungacha aprel oyi davomida ikki marta Ukrainaga 800 mln dollarlik harbiy yordam paketlarini ajratgandi.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026