Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa mamlakatlarida bolalar orasida noma’lum turdagi gepatit tarqalishi avj oldi
Gepatitning yangi turi 1 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan.
Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalar orasida noma’lum turdagi o‘tkir tusli gepatitga chalinish bilan bog‘liq 169ta holatni qayd etdi.
Xabar qilinishicha, kasallik oqibatida bir nafar bola vafot etgan, 17 nafariga jigar ko‘chirib o‘tkazilishi talab qilingan.
Gepatitning yangi turi 1 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan.
Eng ko‘p holatlar Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi (114), 13 nafar bola Ispaniya, 12 nafar Isroilda, to‘qqiz nafar AQShda ushbu xastalikka chalingan.
Shuningdek, Irlandiya (5), Niderlandiya va Italiya (4tadan), Norvegiya va Fransiya (2tadan) hamda Ruminiya va Belgiyada (1tadan) noma’lum turdagi gepatitga chalinish holatlari aniqlangan.
Tashkilot xabarida aytilishicha, birorta ham holatda o‘tkir tusli gepatitni chaqiruvchi viruslar (A, V, S, D va E gepatiti viruslari) aniqlanmagan.
Dastlabki holatlar aprel boshlarida qayd etilgan. 5 aprelga kelib, Shotlandiyada o‘n yoshdan kichik bolalar orasida o‘ndan ortiq kasallanish holatlari aniqlangan.
Mavzuga oid
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
14:51 / 26.01.2026
Zelenskiy: Belarusning Rossiyaga qaramligi - Yevropa uchun tahdid
15:05 / 22.01.2026
Tramp Davosda: Yevropa noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda
14:14 / 22.01.2026