Joriy yilning 27 aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda sel yuz berishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, jumladan:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.