IIBB Toshkent shahrida bolalar o‘g‘irlanayotganiga oid xabarlarga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt maktab va bog‘chalaridan bolalar o‘g‘irlanayotganiga oid lavhalar tarqalmoqda. Ularda so‘nggi bir kun ichida 5 nafar bola shunday jinoyat qurboni bo‘lgani bildiriladi.
“TeZKOR_OGOHLIK” deb boshlanadi bu xabar.
“27.04.22 kuni Toshkent shahrida maktab va bog‘chadan beshta bola o‘g‘irlangan. Bu kabi vahshiyliklarni kimlar qilishi mumkin?
IIV xodimlariga murojaatim, sizlarsiz biz hech narsa qila olmaymiz, sergaklikni oshiring, mayli yo‘lda tirbandliklarga chidaymiz, ammo bu kabi vahshiyliklarga xech bir ota-ona chidolmaydi. Bolalarni ...ib [tahr.] organlarini sotish boshlanibdi, astag‘firulloh. TARQATINGLAR!!!” deyiladi Feysbukdagi postda.
Ilova qilingan lavhada avtomobillarni nazoratdan o‘tkazuvchi postlardan biridagi YHXX xodimi haydovchiga qarata “Eshitmadingizmi, beshta bola o‘g‘irlangan” degani aks etgan. Lekin bu aynan qayerda va qachon bo‘lgani bildirilmagan.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha izoh berdi:
“Ijtimoiy tarmoqlarda “27.04.2022 yilda Toshkent shahrida beshta bola o‘g‘irlangan”, deb boshlanuvchi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yolg‘on bo‘lib, Toshkent shahrida bola o‘g‘riligi qayd etilmaganini ma’lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! Har qanday ma’lumotni tarqatishdan oldin rasmiy tashkilotlardan ma’lumot olishni tavsiya etamiz. Unutmang! Yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik bor! Hozirda bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatayotgan shaxslar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda”, – deyiladi IIBB izohida.
Mavzuga oid
11:29 / 29.05.2024
O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi? - IIV mas’uli bilan suhbat
07:35 / 15.05.2024
Toshkentda IIBB ikki nafar shaxsni qidiruvga berdi
15:41 / 29.03.2024
Foto: Toshkentda odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda
10:40 / 14.03.2024