Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Toşkent şahri içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi qöriqlaş xizmati faoliyati bilan tanişdi.
Davlat rahbari xizmatda qöllanilayotgan maxsus texnika vositalari, dronlar manyovri, jamoat tartibini saqlaşga jalb etiladigan transport vositalarini közdan keçirdi.
Söng qöriqlaş texnika vositalarining körgazmali taqdimoti bilan tanişildi. Bu yerda “Xavfsiz şahar” konsepsiyasini joriy etiş va uni izçil rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida atrofliça axborot berildi. Körgazma maydonçasida yuridik va jismoniy şaxslarning talab va ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda örnatilgan videokuzatuv tizimlari hamda turli xil kameralarning real vaqtda işlaş jarayoni namoyiş etildi, ularning texnik imkoniyatlari tuşuntirildi va amaliy tavsiyalar berildi.

Taqdimot doirasida aylanma kameralar, yuz qiyofasidan şaxsni aniqlovçi kameralar hamda davlat raqam belgisini aniqlovçi kameralarning imkoniyatlari körsatildi. Ta’kidlanişiça, uşbu texnik vositalar mahallalar, jamoat joylari, obektlar, ta’lim muassasalari, şuningdek, şahar va tumanlarning kiriş-çiqiş nuqtalariga örnatilmoqda.
Qayd qilinişiça, bugungi kunda barça hududiy içki işlar boşqarmalarida sun’iy intellekt asosida hududlarni onlayn kuzatiş, tezkor qidiruv işlarini olib boriş, kuç va vositalarni boşqariş hamda jinoyatlarni “issiq izidan” foş etişga xizmat qiluvçi “Qalqon” axborot tizimi töliq işga tuşirilgan.

Davlat rahbari içki işlar va qöriqlaş xizmati işlarni mahalladan boşlaşi, xonadonlarning holatini örganib, ularning xavfsizligini ta’minlaşi zarurligini alohida ta’kidladi. Toşkent megapolis şahar ekanini inobatga olgan holda, qonunbuzarlik va jinoyat omillarini muntazam tahlil qiliş kerakligiga e’tibor qaratdi.
“Xavfsiz şahar” konsepsiyasi doirasida yagona platforma, 13 ta ma’lumotlarni qayta işlaş markazi, yagona elektron xarita, 42 ming 750 ta intellektual kamera hamda 17 ta yonğin xavfsizligi monitoringi tizimi faoliyat yuritmoqda. Uşbu tizimlar konsepsiyaning asosiy tarkibiy qismini taşkil etadi.












