Huquq-tartibot idoralari ma’lum qilişiça, roliklarda kimsalar foydalanilgan tibbiy ignani örindiqlarga joylaştirib, fuqarolarga qasddan zarar yetkazayotgani iddao qilingan. Tekşiruv natijasida bu da’volar haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum böldi.

Iş böyiça videolar ham rasmiylarga taqdim etilgan. Rolik mualliflaridan biri: “Döstim ‘SPID’ haqida video olaylik dedi. Ommaviy tarqab ketişini öylamaganman. Qilgan işimdan afsusdaman, xalqdan uzr sörayman”, — deydi. Yana biri: “Instagram’da körib ğoya keldi. ‘Skameyka’ga şprits qöyilgani haqidagi videoni takrorladik. Prosmotr va layk uçun qilganman. Afsusdaman, xalqdan uzr sörayman”, — deya izoh bergan.

IIBB yolğon ma’lumot tarqatiş jamoat xavfsizligiga tahdid solişini qayd etdi. Roliklar “kontent” sifatida tayyorlangani va auditoriya diqqatini jalb qiliş maqsadini közlagani ma’lum böldi.

Eslatma: OITS yuqişi qançalik darajada qörqinçli bölmasin, kasallik faqatgina tibbiy jihatdan aniqlangan yuqiş yöllari orqali yuqadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan da’volarga işonmaslik va rasmiy manbalarga tayaniş tavsiya etiladi.