Falastinning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2022 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Falastinning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Javad Muhammad Avadni qabul qildi.
V.Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Joriy yil fevral oyida sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Falastin davlatining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxoniyni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qilgandi.
Suhbat chog‘ida elchi faoliyati davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlangani ta’kidlangan. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
18:37 / 14.09.2024