O‘zbekiston | 10:14 / 30.04.2022
9989
2 daqiqa o‘qiladi

«Uzbekistan Airways» viloyatlararo qo‘shimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi

«Uzbekistan Airways» joriy yilning 2 va 3 may kunlari qo‘shimcha aviaparvozlarni amalga oshiradi.

Foto: Kun.uz

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, aviakompaniya Toshkent – Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona – Toshkent va Toshkent – Namangan – Samarqand – Namangan – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaparvozlarni bajaradi. 

Qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan): 

2 may. Toshkent – Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona – Toshkent

Toshkentdan jo‘nab ketish: 07:00, Farg‘onaga yetib borish: 08:00, Farg‘onadan jo‘nab ketish: 08:50, Urganchga yetib borish: 10:15, Urganchdan jo‘nab ketish: 19:00, Farg‘onaga yetib borish: 20:30, Farg‘onadan jo‘nab ketish: 21:20, Toshkentga yetib kelish: 22:10.
 
3 may. Toshkent – Namangan – Samarqand – Namangan – Toshkent

Toshkentdan jo‘nab ketish: 07:00, Namanganga yetib borish: 08:00, Namangandan jo‘nab ketish: 08:50, Samarqandga yetib borish: 10:15, Samarqanddan jo‘nab ketish: 19:00, Namanganga yetib kelish: 20:20, Namangandan jo‘nab ketish: 21:10, Toshkentga yetib kelish: 22:00.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid