Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning birinchi xonimi Ruminiyada ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi
Jill Bayden bir kun avval Ruminiyadagi amerikalik harbiylar bilan uchrashgandi.
AQShning birinchi xonimi Jill Bayden Buxarestda ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi, deb xabar berdi TASS.
Xabarda aytilishicha, Bayden Ruminiya prezidentining rafiqasi Karmen Yoxannis bilan birga Ukrainadan kelgan bolalar o‘qiydigan maktabga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, AQShning birinchi xonimi bolalar va ularning ota-onalari hamda maktab xodimlari bilan suhbatda bo‘ldi. So‘ngra Bayden va Yoxannis AQSh prezidentining dastxati tushirilgan M&M’s konfetlarini ulashdi.
Bir kun avval Jill Bayden Ruminiyadagi amerikalik harbiylar bilan uchrashgandi.
Kechga yaqin AQShning birinchi xonimi Slovakiyaga jo‘nab ketgan.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
12:27 / 13.03.2026
Ukraina va Ruminiya harbiy dronlarni birgalikda ishlab chiqaradi
18:37 / 15.01.2026