Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda voyaga yetmaganlarning blogerlarga virtual sovg‘alar jo‘natishi taqiqlandi
Bu taqiq ByteDance Ltd., Kuaishou Technology kabi Xitoy internet-gigantlariga ta’sir qilishi mumkin.
Foto: Wang Zhao
Xitoyda voyaga yetmaganlarning striming platformalarda blogerlarga virtual sovg‘alar jo‘natishi taqiqlandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Internet sanoati ustidan nazorat o‘rnatish choralari doirasida kiritilgan yangi qoidalarga ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalar taqdim etuvchi platformalar voyaga yetmaganlar uchun onlayn-o‘tkazmalar amalga oshirish yoki virtual sovg‘alar sotib olish imkoniyatini bera olmaydi. Qayd etilishicha, bu taqiq ByteDance Ltd., Kuaishou Technology kabi Xitoy internet-gigantlariga ta’sir qilishi mumkin.
Bundan tashqari, hukumat platformalardan voyaga yetmaganlarga soat 22:00dan keyin blogerlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyalarini tomosha qilishni taqiqlashni talab qildi.
Xitoy hukumati aprel oxirlarida Tencent, Meituan va boshqa IT-gigantlar bilan texnologik sohadagi nazoratni susaytirishni muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
23:10 / 06.02.2026
Xitoyning eng katta generallari ishdan olindi. Nega?
19:31 / 04.02.2026
Xitoy armiyasi rahbariyatidagi tozalash: bu nimani anglatadi?
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
23:19 / 30.10.2025