Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya rahbariyati NATOga zudlik bilan kirish masalasini qo‘llab-quvvatladi
Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va bosh vazir Sanna Marin NATOga zudlik bilan a’zo bo‘lish masalasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda payshanba kuni e’lon qilingan ularning qo‘shma bayonotida aytiladi.
«Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun zudlik bilan ariza berishi kerak», deyiladi mamlakat prezidenti va bosh vaziri bayonotida.
Shuningdek, ular yaqin kunlarda alyansga qo‘shilish bo‘yicha milliy darajada qadamlar qo‘yilishiga umid bildirdi.
«NATOga a’zo bo‘lish Finlandiya xavfsizligini oshiradi. NATOga a’zo bo‘lish bilan Finlandiya butun mudofaa ittifoqini mustahkamlaydi», - deyiladi unda.
May oyi boshida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha kutilayotgan arizasi alyansning Bryusseldagi qarorgohida muhokama qilinishini va u ijobiy kutib olinishini aytgan edi.
Finlandiya parlamentida bu masalani muhokama qilish aprel oyida boshlangan.
Agar a’zolik uchun ariza topshirilsa, u avvalo NATO kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi, shundan so‘ng a’zolik kelishuvi alyansning 30ta davlatida milliy darajada ratifikatsiya qilinishi kerak.
Bundan oldin NATO Shvetsiya va Finlandiyaning tashkilotga tezlashtirilgan tarzda kirishiga ruxsat bermoqchi ekani xabar qilingandi.
Finlandiyada, 9 may kuni Yle radiostansiyasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 76 foizi alyansga a’zo bo‘lish tarafdori. Bu barcha davrlarning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Respondentlarning 12 foizi qarshi ovoz berdi, yana 11 foiz respondent javob to‘g‘risida qaror qabul qila olmadi. Mart oyida NATOga qo‘shilish qarorini mamlakat aholisining 62 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
09:37 / 25.05.2026