Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Finlandiyaning NATOga kirishini Rossiya uchun tahdid deb atadi
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga javoban Rossiyaning harakatlari alyans harbiy infratuzilmasining mamlakat chegaralariga qanchalik yaqinlashishidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya uchun tahdid hisoblanadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Shubhasiz. NATOning navbatdagi kengayishi qit’amizni yanada barqaror va xavfsiz qilmaydi", dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya bu vaziyatda o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun choralar ishlab chiqmoqda.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Finlandiyaning NATOga kirishiga javoban Rossiyaning harakatlari alyans harbiy infratuzilmasining mamlakat chegaralariga qanchalik yaqinlashishidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
"Hammasi bu kengayish jarayoni nimalarda aks etishi, alyans harbiy infratuzilmasining chegaralarimizga qanchalik yaqinlashishiga bog‘liq", - dedi u.
Avvalroq Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va bosh vaziri Sanna Marin mamlakat NATOga kirish uchun tezroq ariza berishi kerakligini aytgandi. Bu boradagi qaror 15 mayda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026