Jamiyat | 18:54 / 12.05.2022
21493
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Spark»ning beton ustunga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: IIBB axborot xizmati

Chilonzor tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

2022 yil 12 may tungi soat 03:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1999 yilda tug‘ilgan U.M. «Spark» rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib, tezlikni oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi qismidagi beton ustunga urilgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

YTH natijasida avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yo‘lovchisi – 1995 yilda tug‘ilgan K.Sh. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid