Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga baliq asosan Rossiyadan olib kelinmoqda
3 oyda 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 21ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Qayd etilishicha, baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 752 tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 980 tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Vetnam – 541 tonna;
- Litva – 254,3 tonna;
- Qozog‘iston – 250,4 tonna;
- Norvegiya – 117 tonna;
- Latviya – 19,5 tonna;
- Fransiya – 1,9 tonna.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026