Jahon | 12:53 / 15.05.2022
24062
3 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York shtatida ommaviy qotillik: asosiy ma’lumotlar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-York shtatining Buffalo shahridagi supermarketda ro‘y bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘ldi. Politsiya buni irqiy motivga ega bo‘lgan jinoyat deb hisoblamoqda. Voqea joyida 18 yoshli shaxs qo‘lga olingan. Politsiya hozircha uning shaxsini ochiqlamayapti.

Foto: Reuters

14 may kuni Amerikaning Buffalo shahrida otishma ro‘y berdi: 10 kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralandi. Gumonlanuvchi shanba kuni odam gavjum bo‘lgan mahalda supermarketga kirgan va atrofga o‘t ochgan. Politsiya komissari Buffalo Jozef Gramalining so‘zlariga ko‘ra, u otgan odamlarning deyarli barchasi - 11 kishi afroamerikaliklar.

Politsiyachilarning ma’lum qilishicha, u hujumni onlayn-translatsiya qilish uchun kameradan foydalangan.

«Bu biz hodisani nafrat jinoyati va irqiy sabablarga ko‘ra zo‘ravonlik ekstremizmi sifatida tekshirmoqdamiz», degan matbuot anjumanida FQB vakili Stiven Belongia.

Taxmin qilinishicha, gumonlanuvchi shaharning asosan qora tanlilar yashovchi hududiga yetib borish uchun bir necha soat davomida 300 kilometr yo‘l bosgan.

Supermarketda qorovul bo‘lib ishlagan iste’fodagi politsiyasi jinoyatchiga o‘q uzib uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, ammo o‘ldirilgan.

Politsiya xabariga ko‘ra, hujum qiluvchi kuchli vintovka bilan qurollangan, unda zirhli nimcha va shlem ham bo‘lgan. Voqea joyiga qo‘shimcha politsiya bo‘linmalari yetib kelganida u avvaliga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan, ammo keyin qurolini tashlagan va qo‘lga olingan.

Sud unga sud-tibbiy ekspertiza tayinlagan. Bir necha kundan keyin u birinchi darajali qotillikda ayblanib, sudga tortilishi kutilmoqda. Unga muddatidan oldin ozod etilish huquqisiz umrbod qamoq jazosi tayinlanishi kutilmoqda (Nyu-York shtatida o‘lim jazosi bekor qilingan).

Hujum qilgan shaxs avvaliga politsiyachilar bilan otishib qarshilik ko‘rsatishga uringan, ammo keyin taslim bo‘lgan. Foto: GETTY IMAGES

CBS telekanali muxbiri bilan suhbatda politsiyachilardan biri hujum vaqtida jinoyatchi irqchilik haqoratlarini aytib baqirganini ma’lum qilgan.

«Bu har qanday jamiyat duch kelishi mumkin bo‘lgan eng yomon dahshat va biz bundan jabrlanmoqdamiz, g‘azablanmoqdamiz», degan jurnalistlarga Buffalo meri Bayron Braun.

«Biz bu yaramas jamiyatimiz yoki mamlakatimizni ikkiga ajratishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deya qo‘shimcha qilgan u.

Hujum oqibatlarini tasvirlagan politsiya zobitlaridan biri mahalliy Buffalo News nashriga shunday degan: «Bu qo‘rqinchli filmlarni eslatadi, ammo barchasi haqiqiy. Bu Armageddonga o‘xshaydi».

Nyu-York gubernatori Keti Houkul hodisani «jirkanch zo‘ravonlik akti» dab baholagan.

Buffaloda ro‘y bergan hodisa haqida prezident Jo Baydenga hisobot berilgan. «Prezident va birinchi ledi halok bo‘lganlar va ularning yaqinlari uchun duoda», deyiladi Oq uy bayonotida.

Mavzuga oid