Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus sanksiyalar tufayli yiliga 18 mlrd dollargacha zarar ko‘radi
G‘arb sanksiyalari tufayli Belarus o‘z mahsulotlari uchun Yevropa ittifoqi va Shimoliy Amerikadagi bozorlarini yo‘qotdi. Endi u eksportni Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqqa yo‘naltirmoqchi, dedi mamlakat bosh vaziri.
Belarus iqtisodiyoti g‘arb sanksiyalari tufayli ko‘rayotgan yo‘qotishlar hajmi yiliga 16-18 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenko Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar tarqadi «BelTA» davlat agentligi.
Golovchenkoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar tufayli Belarus o‘z mahsulotlarini Yevropa ittifoqi va Shimoliy Amerika mamlakatlariga sotish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun Minsk eksport oqimini boshqa bozorlarga – «shu jumladan, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Arab ko‘rfaziga» yo‘naltirmoqchi», dedi bosh vazir.
Fevral oyi oxirida Yevropa ittifoqi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ning «mustaqilligi» va Ukrainaga qarshi tajovuzni tan olish uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya va Belarus jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan yangilangan sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatda jami 670ta pozitsiya mavjud. Uning tarkibiga Belarus Respublikasining bir qator harbiy rahbarlari va hukumat amaldorlari kirdi. Ularning Yevropa ittifoqidagi aktivlari muzlatiladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026