O‘zbekiston | 17:09 / 17.05.2022
5287
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtirilishi belgilandi. Jumladan:

  • 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotish yo‘lga qo‘yiladi; 
  • eng yaxshi sotilgan tovarlar keyinchalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi;
  • tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi;
  • mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi;
  • soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilmaydi.

Shu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:

  • xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi; 
  • xorijiy kompaniyalar uchun oldindan to‘lov va birja xizmatlari to‘lovi bekor qilinadi;
  • tadbirkorlarga to‘lovlarni kafolatlash bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham ta’minlanadi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid