Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Ukrainadagi nizo qo‘shni mamlakatlarga ham tarqalishi mumkinligini aytdi
Makronning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya «Moldovadagi mintaqaviy xavfsizlik va uning suverenitetiga ehtimoliy tajovuzlar» bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatadi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashuvi chog‘ida Ukrainadagi nizoning qo‘shni mamlakatlarga tarqalishi xavfi mavjudligini aytdi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.
«Yaqinda Dnestrbo‘yida sodir bo‘lgan voqealar nizo qo‘shni mamlakatlarga tarqalishi mumkinligini istisno qilmaslik kerakligini ko‘rsatmoqda»,— dedi Makron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya «Moldovadagi mintaqaviy xavfsizlik va uning suverenitetiga ehtimoliy tajovuzlar» bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatadi. Makronning aytishicha, Ukrainadagi nizo butun mintaqaga xavf soladi.
18 may kuni Moldova prezidenti Rossiyani Dnestrbo‘yidan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, Moldova neytral mamlakat hisoblanadi va bundan buyon ham ushbu maqomni saqlab qolmoqchi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026