Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda qancha talaba o‘qishni bitirgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 2021 yilda qancha talaba o‘qishni bitirgani ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarini bitirgan talabalar soni 103,9 ming nafarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bunda o‘g‘il bolalar soni 55,3 ming nafar, qiz bolalar soni 48,6 ming nafarga teng bo‘ldi.
2020/2021-o‘quv yilida respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 571,5 ming nafarni tashkil etgan.
Bundan oldin 2022 yilda 525 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026