Jahon | 18:24 / 23.05.2022
5570
1 daqiqa o‘qiladi

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Xitoyga bordi 

Mishel Bachelet Guandun provinsiyasi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga boradi. Koronavirusga qarshi choralar tufayli jurnalistlarga delegatsiya bilan birga yurish va Bacheletning muloqotlarini kuzatishga ruxsat berilmaydi. 

Foto: Reuters

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet tashrif bilan Xitoyga keldi.

XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, Bachelet 28 maygacha davom etadigan tashrifi doirasida Xitoydagi tegishli davlat tuzilmalari rahbarlari va vakillari bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, u Guandun provinsiyasi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga boradi.

Tashrifdan maqsad, tomonlar hamkorligi asosida butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surishda ijobiy rol o‘ynash, dedi Venbin.

Vanning bildirishicha, koronavirusga qarshi choralar tufayli jurnalistlarga delegatsiya bilan birga yurish va Bacheletning muloqotlarini kuzatishga ruxsat berilmaydi.

Bacheletning tashrifi Guandun provinsiyasi ma’muriy markazi bo‘lgan Guanchjou shahridan boshlanadi.

Mavzuga oid