Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda
Kartoshka asosan Pokistondan olib kelinmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: pxhere.com
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakchilik qilmoqda – 211,3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 22,4 ming tonna;
- Rossiya – 14,4 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 8,8 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna;
- Afg‘oniston – 4 ming tonna;
- Niderlandiya – 1,5 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna;
- Polsha – 431,2 tonna.
Mavzuga oid
00:22
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
15:00 / 04.04.2026
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi
09:15 / 02.04.2026