O‘zbekiston | 11:07 / 25.05.2022
17196
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 26 may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Payshanba kuni shamol tezligi kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 26 may kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid