O‘zbekiston | 07:25 / 26.05.2022
8712
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni ma’lum bo‘ldi

Xorijda tahsil olish bo‘yicha qozog‘istonliklar yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: iStock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ularda  808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

2020 yilning 1 yanvar holatiga, YuNeSKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga chegaradosh va ayrim MDH mamlakatlari bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

  • Qozog‘iston – 89,3 ming nafar;
  • Ukraina – 77,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 63,6 ming nafar;
  • O‘zbekiston – 53 ming nafar;
  • Rossiya – 48,2 ming nafar;
  • Afg‘oniston – 31,5 ming nafar;
  • Tojikiston – 27,6 ming nafar;
  • Belarus – 23 ming nafar;
  • Qirg‘iziston – 13 ming nafar.

2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar soni 808,4 ming  nafarni tashkil etgan.

Shundan, talaba yigitlar – 439,4 ming nafar, talaba qizlar – 369 ming nafar.

YuNeSKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

  • 2015 yil – 28,1 ming nafar;
  • 2016 yil – 32,9 ming nafar;
  • 2017 yil – 35 ming nafar;
  • 2018 yil – 42,3 ming nafar;
  • 2019 yil – 53 ming nafar.

Mavzuga oid