Jahon | 09:59 / 27.05.2022
20472
1 daqiqa o‘qiladi

AI-80 markali benzin narxi qimmatlashdi

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotila boshladi. Bu birjada narxlarning oshganligi bilan izohlanmoqda.

«O‘zbekneftgaz»ga qarashli AYoQShlarda AI-80 markali benzin narxi ko‘tarilib, 6800 so‘mdan sotila boshladi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Narx oshganligi hadidagi ma’lumotlarni «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati ham tasdiqladi.

«Odamlarga tushuntira olmayapmiz, narxlarni bozor belgilaydi. «O‘zbekneftgaz» narxlarni oshirmaydi ham, tushirmaydi ham. Birjada narx oshsa, bu o‘z-o‘zidan bizning AYoQShlardagi benzin bahosiga ham ta’sir o‘tkazadi», deya ta’kidladi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovush To‘raxo‘jayev.

O‘tgan yilda ham benzin narxi keskin ko‘tarilib ketgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelgan tanqidiy muhokamalardan so‘ng esa «Ishchi guruh» tuzilib, narx 6500 so‘mga tushirilgandi

Mavzuga oid