“O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 benzini narxi pasayishi ma'lum qilindi
Bugun, 26 noyabr soat 20:00dan boshlab “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 markadagi benzin 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi, deya Kun.uz'ga ma'lum qildi kompaniya matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekneftgaz
“Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin bo‘lishi ta'minlanadi”, – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi kompaniya matbuot xizmati rahbari Siyovush To‘raxo‘jayev.
Uning qayd etishicha, benzin taqchilligining oldini olish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqilgan.
So‘nggi haftalarda “O‘zbekneftgaz” va boshqa ayrim xususiy shoxobchalarda AI-80 benzini taqchilligi kuzatilmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 23-24 noyabr kunlari Toshkentdagi “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 benzini 7390 so‘mdan, 21-22 noyabr kunlari esa 7190 so‘mdan sotilgan.
16 noyabr kuni aksilmonopol organ benzin narxi oshishida manipulyatsiya holatlari aniqlanganini bildirgandi. Shundan keyin qo‘mitaning aralashuvi bilan birjada 1 tonna miqdoridagi lotlar ham paydo bo‘ldi va birjada narxlar pasaya boshladi. Antimonopoliya qo‘mitasi 24 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10,1 mln so‘mdan 8,1 mln so‘mgacha pasaygani yoki 24 noyabr kuni narxlar 15 noyabrga nisbatan 20 foizga arzonlashganini ma'lum qildi. Biroq birjadagi bu arzonlashuv aksariyat shoxobchalarda narxlar tushishiga olib kelmayapti.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
Jamiyat | 09:12
-
G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan o‘nlab yuk mashinalari yetib keldi
Jahon | 09:03
-
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 08:50
Mavzuga oid

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025