Germaniya brendlari bilan hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasida elchixonasi yordamida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligidagi palata delegatsiyasi hamda ITSV vakillari Germaniyaga tashrifi davomida Essen shahrida joylashgan Yevropadagi eng yirik poyabzal ishlab chiqaruvchi Deichmann kompaniyasida bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga ko‘plab imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Birgina charm-poyabzal yo‘nalishida ham kun sayin katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Yurtimizning tadbirkorlari eng rivojlangan nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida doimiy ishlar olib bormoqda.
Ikki tomonlama hamkorliklarga yo‘l ochish maqsadida, joriy yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasida elchixonasi yordami bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari Yevropadagi eng yirik poyabzal ishlab chiqaruvchi Deichmann kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: Deichmann kompaniyasining dunyo bo‘ylab 5 mingga yaqin do‘konlari mavjud bo‘lib, yillik tovar aylanmasi 7 mlrd yevroni tashkil etadi. Kompaniya ishlab chiqarishda asosan sun’iy charm (70 foiz) hamda tabiiy charm mahsulotlaridan (30 foiz) foydalanadi. Bugungi kunda kompaniya Xitoy, Hindiston, Turkiya kabi mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Uchrashuv davomida mamlakatimiz charm-poyabzal sohasida mavjud xom-ashyo bazasi, chet ellik investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda nemis brendi uchun tabiiy va sun’iy charmdan oyoq-kiyimlar ishlab chiqarish, mamlakatimiz ichki bozorini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash va qo‘shni davlatlarga eksport kilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari o‘zbek bozoriga kirish uchun uning potensiali va raqobatbardoshliligini chuqur o‘rganib chiqish kerakligini bildirdi. Deichmann kompaniyasining faoliyatini boshlash uchun O‘zbekiston bozorida kamida 30 ta do‘kon ochish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, mamlakatimizda kompaniyaning brend savdo-do‘konlarini tashkil etish orqali “fashion tourism”ni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish kelishib olindi.
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
10:00 / 12.11.2024
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi teledastur ishga tushirildi
20:47 / 11.06.2024
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar reytingi natijalarini e’lon qildi
14:01 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda
19:58 / 04.03.2024