O‘zbekiston | 08:00 / 28.05.2022
4886
1 daqiqa o‘qiladi

684 nafar yoshlardan iborat «Kelajak liderlari» klublari tashkil etildi

684 nafar eng munosib yoshlardan iborat “Kelajak liderlari” klublari tashkil etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.

Foto: yuz.uz

“Rasmiy xabarlar” kanalida yozilishicha, “Kelajak liderlari”ni shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan 4 bosqichli tanlovda 6 246 nafar iqtidorli yosh ishtirok etgan. Ular orasidan jami 684 nafar eng munosib yoshlardan iborat “Kelajak liderlari” klublari tashkil etildi.

Ma’lum qilinishicha, “Kelajak liderlari” klublari a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida treninglar o‘tkazilmoqda. 

“O‘quv dasturini tugatganlarga sertifikatlar topshirilib, ular Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid