Qutqaruvçilar Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingodagi tungi klubda tom qulaşi oqibatlari böyiça ma’lumotni yangiladi, unga köra, qurbonlar soni 184 kişiga yetgan, 500 ga yaqin kişi jarohat olgan.

Halok bölganlar orasida maşhur 51 yoşli sobiq beysbolçi Oktavio Dotel ham bor. Qutqaruvçilar uni vayronalar ostidan olib çiqişgan, kasalxonaga olib ketilayotganda uning joni uzilgan.

Mamlakat prezidenti Luis Abinader voqea joyiga kelib, halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.

Santo-Domingodagi Jet Set tungi klubining tomi 8 aprel, seşanbaga ötar keçasi taniqli merenge ijroçisi Rubbi Peresning konserti paytida tösatdan qulab tuşgan. Uning özi ham halok bölgan.

Mahalliy naşrlar yozişiça, tungi klubda bu vaqtda mingga yaqin odam bölgan bölişi mumkin.

Jet Set – Santo-Domingodagi duşanba kunlari raqs musiqasi konsertlari ötkaziladigan maşhur tungi klub.

69 yoşli Rubbi Peresning konsertiga mamlakatdagi taniqli siyosatçilar, sportçilar va boşqa maşhurlar ham taşrif buyurgandi.

Qurbonlar orasida Monte-Kristi provinsiyasi gubernatori Nelsi Kruz ham bor, u olingan jarohatlar oqibatida şifoxonada vafot etgan.

Qurbonlarning yaqinlari fojia joyida. Foto: Reuters

Klubdagi fojia arafasida olingan videoyozuvlarda odamlar sahna qarşisidagi stollar atrofida ötirgani, ayrimlar raqs tuşayotganini köriş mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida kimdir qöli bilan tomni körsatayotgani va nimadir tuşib ketayotganini aytgani eşitilgan. Videoyozuvda sahnadagi Rubbi Peres ham tomoşabinlardan biri körsatgan joyga qaragani köringan.

30 soniyadan kamroq vaqt ötgaç, kuçli şovqin eşitiladi, şundan söng videoda faqat qora fon paydo böladi. Unda ayol kişining şunday degani eşitiladi: «Dada, sizga nima böldi?»

Rubbi Peres bilan birga konsert bergan musiqaçilardan birining mahalliy OAVga ma’lum qilişiça, 8 aprelga ötar keçasi soat birlarda tom qulab tuşgan. «Men avvaliga buni zilzila deb öylagandim», - deydi u.

Dominikan Karib dengizidagi sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ötgan yili, mamlakat rasmiylariga köra, bu yerga 11 millionga yaqin sayyoh kelgan.