Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi qoşida jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi “Nodavlat notijorat taşkilotlar Klubi” taşkil etildi. Kun.uz muxbiri Qömita matbuot xizmatidan olingan ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.

Bugun, 26 fevral kuni Toşkent şahridagi “Wyndham” mehmonxonasida Respublika Xotin-qizlar qömitasi tomonidan ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini mustahkamlaş maqsadida nodavlat notijorat taşkilotlar iştirokida respublika ayollar forumi öz işini boşladi. Unda davlat taşkilotlari va vazirliklar, nodavlat notijorat taşkilotlar (NNT) vakillari, hududiy Xotin-qizlar qömitalari tuzilmalari, xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Foto: Xotin-qizlar qömitasi

Xotin-qizlar qömitasi hamda BMT Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur tadbir doirasida NNT vakillari iştirokida bir qator masalalarni muhokama qilinmoqda. Tadbir davomida NNTlarning davlat va jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan hamkorlik dasturi işlab çiqiladi hamda muhokamaga qöyilib tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi qoşida jamoatçilik asosida faoliyat olib boruvçi “Nodavlat notijorat taşkilotlar klubi” taşkil etildi, uning faoliyat yönalişlari belgilab olindi.

Klub zimmasiga NNTlar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, özaro tajriba almaşiş, ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlaştiriş, ayollar va bolalar masalalarida duç kelayotgan muammolarda NNTlarning rolini oşiriş vazifasi yuklandi.

Forumning birinçi kunida ayollar sohasida faoliyat olib boruvçi nodavlat notijorat taşkilotlar örtasida hamkorlik strategiyasini işlab çiqilişi böyiça davra suhbati taşkil etildi.

Ertaga, ikkinçi kunda esa işlab çiqilgan muhim natijalar böyiça, kengaytirilgan tarkibda taqdimotlar va muhokamalar bölib ötişi kutilmoqda.

Forum yakunida xotin-qizlar sohasida faol bölgan nodavlat notijorat taşkilotlar rahbarlari taqdirlanadi.