Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilaş va ularga qöllanadigan soliq va bojxona imtiyozlaridan samarali foydalaniş mexanizmi töğrisida hukumat qarori qabul qilinadi.

Muhokama uçun joylaştirilgan hujjat loyihasiga köra, futbol klublariga soliqlar, bojxona va majburiy tölovlarni budjetga tölaş böyiça berilgan imtiyozlarni rasmiylaştiriş va buxgalteriya hisobida aks ettiriş amaldagi qonun hujjatlar talablari asosida tartibga solinadi.

Futbol klublarining maqomi

 Futbol klublari Özbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda har qanday taşkiliy-huquqiy şaklda tuzilib, davlat röyxatidan ötkaziladi.

Futbol klublari yuridik şaxs sifatida Özbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda öz ta'sis hujjatlariga asosan faoliyatini Respublikaning barça hududlarida taşkil etiş va yuritiş huquqiga ega.

Futbol klublari Özbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarur mutaxassislarni, şu jumladan çet ellik mutaxassislarni işga jalb qilişga va xodimlar mehnatiga xaq tölaş şakllari, tizimi, miqdori va turini, şuningdek boşqa daromad turlarini ixtiyoriy belgilaşga haqlidir.

Har qanday futbol klubi öz faoliyatini havaskor yoki professional darajada olib borişi mumkin.

Futbol klublari ta'sisçilari (iştirokçilari) Özbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda öz ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

futbol klubining işlarini boşqarişda hamda foydani taqsimlaşda iştirok etiş, futbol klubi tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini oliş va boşqa huquqlarga ega böladi;

futbol klubiga tegişli miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qöşiş, futbol klubi faoliyatini doimiy ravişda qöllab-quvvatlaş, futbol klubi faoliyati töğrisidagi sir tutilgan axborotni oşkor qilmaslik majburiyatini oladi.

Har qanday futbol klubi professional futbol klubi maqomini olişi uçun ÖFAning ijroiya qömitasi tomonidan tasdiqlangan “ÖFA va ÖzPFLning professional darajadagi musobaqalarida iştirok etuvçi futbol klublarni litsenziyalaş va professional futbol klubi maqomini belgilaş böyiça reglament talablariga javob berişi şart. Xalqaro musobaqalarda qatnaşiş uçun esa futbol klublari OFK litsenziyalaş talablarini bajarişi şart.