O‘zbekiston | 15:09 / 28.05.2022
17967
1 daqiqa o‘qiladi

Senat Oliy Sud sudyaligiga 2 nafar nomzodni sayladi

Ayni paytda Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Oliy Sud tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Foto: Senat axborot xizmati

Yalpi majlisda Senat Turg‘unali Mirzayev va Nurali Raxmonovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga o‘n yillik muddatga saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Turg‘unali Mirzayev – 1976 yilda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. Turg‘unali Mirzayev 2000 yildan boshlab Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasi tergovchisi, katta tergovchisi, bo‘linma boshlig‘i kabi lavozimlarida ishlagan. 2021 yildan boshlab Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Nurali Rahmonov – 1982 yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Sohadagi ish faoliyatini dastlab turli korxonalarda huquqiy maslahatchilikdan boshlagan. 2019 yildan shu kunga qadar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlab kelgan.  

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid