Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols va Makron Putinni Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishga chaqirdi
Germaniya va Fransiya rahbarlari tashabbusi bilan o‘tkazilgan muloqot 90 daqiqa davom etdi.
Foto: RIA Novosti
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Muloqot 90 daqiqa davom etdi va Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga bag‘ishlandi, deb ma’lum qildi Germaniya vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Hebeshtrayt.
"Kansler va Fransiya prezidenti zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish va Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi. Ular Rossiya prezidentini Ukraina prezidenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri jiddiy muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi", - dedi Hebeshtrayt.
Uning aniqlik kiritishicha, muloqot Germaniya va Fransiya rahbarlari tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
18:12 / 05.01.2026
Parij sudi Fransiya birinchi xonimini ta’qib qilish ishi bo‘yicha o‘n kishiga hukm chiqardi
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026